Keyn Bundesligada yangi rekord o‘rnatdi
Sport
−
15:15 535 1 daqiqa
“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Bundesliganing 15-turida “Xaydenxaym”ga qarshi o‘yinda (4:0) gol urib, Germaniya chempionatida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Britaniyalik futbolchi endilikda Bundesligada 100 ta samarali harakat (81 ta gol va 19 ta golli uzatma) qayd etgan. U bunga atigi 78 ta o‘yinda erishdi. Bu Bundesliga tarixidagi yeng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. bundan oldingi rekord Aren Robbenga tegishli bo‘lib, u bu ko‘rsatkichga 119 ta o‘yinda yetib borgan edi.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023 yil yozida “Tottenxem”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda u Germaniya Bundesligasida myunxenliklar safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Shuningdek, Keyn joriy mavsum Chempionlar ligasida 6 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta, Germaniya Kubogida 5 ta, Germaniya Superkubogida esa 1 ta gol muallifi bo‘lgan.
Live
Barchasi