Karib dengizida so‘nggi 150 yil ichidagi eng kuchli to‘fon ko‘tarildi

Olam

image

Karib dengizida ko‘tarilgan “Melissa” to‘foni mintaqada minglab aholining uyini vayron qildi va o‘nlab odamlarning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir va shamol Yamayka, Kuba va Bagama orollarida vayronagarchilikka olib kelgan. Tabiiy ofat oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan.

Joriy yilning 29 okyabr kuni Yamayka Bosh vaziri Endryu Xolness orol davlatining eng og‘ir zarar ko‘rgan hududlariga borib, shamollar va kuchli suv toshqini tufayli yetkazilgan zararni o‘rgangan.

“Talofatning aniq miqdorini hisoblash uchun ko‘proq vaqt ketadi. Qiyinchiliklarga qaramay, Yamayka ruhi biz qiyinchiliklar ustidan g‘alaba qozonish qobiliyatiga ega bo‘lgan chidamli xalq ekanimizni eslatib turadi”, deb yozgan vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Qayd etilishicha, to‘fon tez kuchayib, 25 oktyabr kuni ertalab soatiga 70 milya, ertasiga ertalab soatiga 140 milya tezlikda 4-darajadagi dovulga aylangan.  28 oktyabr kuni to‘fon 5-darajaga chiqib, maksimal tezligi soatiga 185 milyagacha yetgan. Bu Atlantika okeanida 1851 yildan beri ikkinchi eng kuchli to‘fon sifatida qayd etilgan. 

Tabiiy ofat oqibatida Kubada 735 000 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan, Bagama orollarida esa yaqinlashib kelayotgan bo‘ron oldidan barcha reyslar bekor qilingan va  1 485 nafar aholi evakuatsiya qilingan.

Yamaykaning o‘zida 77 foizga yaqini aholi elektrsiz qolgan. Mamlakat infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rgan. 

“Zarar ko‘rgan hududlarga yordam berish uchun bir qator xalqaro sa’y-harakatlar boshlangan. Buyuk Britaniya favqulodda gumanitar yordam uchun 2,5 million funt sterling (3,3 million dollar) ajratayotganini aytdi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy janubidagi “Ragasa” to‘foni tufayli 1,8 million kishi evakuatsiya qilingan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

to'fon Karib dengizi Melissa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing