Kannavaro dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi 4-terma jamoa murabbiyi bo‘ladi – OAV
Sport
−
04 Oktabr 2025 12458 1 daqiqa
Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini egallasa, uning shtabi yiliga 4 million yevro maosh oladi. Bu ko‘rsatkich bilan Kannavaro dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi to‘rtinchi murabbiy bo‘ladi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Fabio Kannavaro eng ko‘p maosh oluvchi terma jamoa murabbiylari top-5 ro‘yxatida Karlo Anchelotti (Braziliya, 9,5 million yevro), Tomas Tuxel (Angliya, 5,9 million yevro) va Yulian Nagelsmanndan (Germaniya, 4,9 million yevro) keyin 4 million yevro yillik maosh oluvchi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bilan birgalikda 4-pog‘onadan joy oladi.
Ajablanarlisi, terma jamoada murabbiylik qilish borasida 2 o‘yinlik (Xitoy terma jamoasi, 10 mart – 28 aprel) tajribaga ega Kannavaro 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda Fransiya MTJ bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Dide Deshamni ortda qoldirishi kutilmoqda. Desham Fransiya MTJda yiliga 3,8 million yevro maosh oladi.
Insaydlar haqiqatga aylansa, “Oltin to‘p” sohibi O‘zbekiston milliy terma jamoasida:
- Daqiqasiga 109 450 so‘m;
- Soatiga 6 567 000 so‘m;
- Kuniga 157 608 000 so‘m;
- Oyiga 4 728 274 166 so‘m;
- Yiliga 56 739 290 000 so‘m ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylik xarajatlarini hisobga olgan holda yiliga taxminan 4 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi