Kamchatkada 475 yil ichida birinchi marta “Krasheninnikov” vulqoni uyg‘ondi (video)

Olam

image

Rossiyaning Kamchatka yarimorolidagi “Krasheninnikov” vulqonining birinchi qayd etilgan otilishi bugun, 3 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:50 da boshlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vulqon oxirgi marta taxminan 1550 yilda faollashgan.

Kamchatka vulqon otilishiga qarshi kurash guruhi (KVERT) ma’lumotlariga ko‘ra, kul ustuni 5-6 kilometr balandlikka ko‘tarilmoqda. Kul to‘dasi sharqqa qarab 75 kilometrga cho‘zilgan.

Vulqonga “to‘q sariq” aviatsiya xavf-xatar kodi berilgan, bu aviatsiya, ayniqsa pastdan uchuvchi samolyotlar uchun potensial tahdidni ko‘rsatadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga otilayotgan hududga bormaslikni qat’iy tavsiya qilgan va vulqonga chiqishga urinishlarni qat’iy taqiqlaydi.

“Krasheninnikov” vulqoni Kamchatkaning Sharqiy vulqon kamariga kiradi va mintaqaning ma’muriy markazi Petropavlovsk-Kamchatskiydan taxminan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kamchatka yarimoroli sohilidan 161 kilometr uzoqlikda kuchli zilzila yuz berdi, ayrim hududlarda sunami xavfi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kamchatka Krasheninnikov vulqoni KVERT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing