Quvaytdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
02 mart 2331 1 daqiqa
Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Quvaytdagi elchixonasi ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Quvayt hududida 224 nafar o‘zbekistonlik konsullik ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan va vaziyat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Elchixona ehtimoliy cheklovlar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib, quyidagilarga amal qilishni tavsiya etgan:
rasmiy davlat idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan berilayotgan axborotni muntazam kuzatib borish;
zarurat bo‘lmagan hollarda odamlar gavjum joylar va ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik;
harbiy va strategik ahamiyatga ega ob’ektlar yaqiniga bormaslik;
mahalliy qonunchilik va xavfsizlik bo‘yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya qilish;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo birga olib yurish.
Favqulodda holatlar yoki konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilish mumkin:
Ishonch telefoni: +96525396515
Konsul Islomxon Toirovning telefon raqami: +96599427517
Elchixona vaziyat rivojini doimiy monitoring qilib bormoqda va zarurat tug‘ilgan taqdirda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Islom Republikasidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Tehron shahridagi elchixonasi ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.
Live
Barchasi