Bugun “Nasaf” Osiyo Çempionlar ligasida maydonga tuşadi
Sport
−
10:45 702 1 daqiqa
Bugun, 4 noyabr kuni Qarşining “Nasaf” jamoasi Osiyo Çempionlar ligasi 2 musobaqasining 4-turi doirasida safarda Quvaytning “Kuvayt SK” klubiga qarşi bahs olib boradi.
Uçraşuvni turkmanistonlik hakam Rasul Mammedov boşqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ahmad Begnazarov va Mergen Allaberdiyev yordam beradi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da boşlanadi.
Jamoalar şu kunga qadar özaro beş marta töqnaş kelgan. Uşbu uçraşuvlarning birida “Nasaf” ğalaba qozongan bölsa, ikki bahsda quvaytliklar ustun kelgan. Qolgan ikki öyinda durang qayd etilgan.
Ma’lumot uçun, “Nasaf” Osiyo çempionlar ligasi 2 musobaqasining “A” guruhida uç turdan söng 1 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda. “Kuvayt SK” esa 6 oçko jamğargan holda guruh peşqadami bölib turibdi.
Live
Barchasi