Qozog‘iston fuqarolarini G‘azodan evakuatsiya qildi

Olam

image
G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 200 nafardan oshdi north_east

G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 200 nafardan oshdi

Kecha, 8 avgust kuni 6 nafar Qozog‘iston fuqarosi G‘azo sektoridagi urush hududidan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston fuqarolari chegara o‘tish punktlari orqali olib o‘tilib, Ummondagi Qirolicha Alia xalqaro aeroportiga yetkazilgan, u yerdan esa vataniga jo‘natilgan.

“Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida xorijdagi Qozog‘iston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu operatsiya Iordaniya hukumati bilan konstruktiv hamkorlik natijasida amalga oshdi”, deyiladi bayonotda.

Bildirilishicha, Ummon va Tel-Avivdagi Qozog‘iston elchixonalari mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda hamda G‘azo sektori va umuman Falastin hududidagi vatandoshlari bilan doimiy aloqada.

Bundan tashqari, Qozog‘iston TIV Iordaniya va Isroil hukumatlariga qozog‘istonliklarning xavfsiz chiqib ketishida tezkor yordam bergani va samarali hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Vazirlar Mahkamasi HAMAS harakatini “mag‘lubiyatga uchratish” va G‘azo shahri ustidan nazorat o‘rnatish rejasini ma’qullagandi. Bu qaror Isroilning yuqori martabali amaldorlarining tungi yig‘ilishidan so‘ng – urushni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro chaqiriqlar kuchayib borayotganiga va HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan qo‘rqqan ko‘plab isroilliklarning noroziliklariga qaramay qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing