Qishning ilk haftasida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
29 noyabr 46861 2 daqiqa
O‘zgidromet 1-4 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 3 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 4 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-2 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 3-4 dekabrda 0-5 daraja iliq kunduzi 1-3 dekabrda 10-15 daraja iliq, 4 dekabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-3 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 4 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 dekabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq, 4 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 4 dekabrda 0-5 daraja iliq kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-3 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi