Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 8 avgust kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ma’lum qilnishicha, Anvar Rasulovich Karimov endilikda Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi. Anvar Karimov joriy yilning fevral oyida Moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan va bugungi kungacha Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 

Anvar Karimov 1977 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti – oliy. 1998 yilda Guliston Davlat universiteti hamda 2002 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan

Ish faoliyatini 1999 yil Sirdaryo viloyati Guliston shahri moliya bo‘limida iqtisodchi, 1-toifali iqtisodchi va yetakchi iqtisodchi lavozimlarida boshlagan. 2003-2007 yillar davomida Sirdaryo viloyati Guliston shahri va tumanida bo‘lim mudiri o‘rinbosari va bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, 2005-2007 yillarda Sirdaryo viloyati hokimiyatida moliya bo‘limi mudiri, 2009-2014 yillarda Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2014 yildan 2017 yilga qadar Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i va 2017 yilda Sirdaryo viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2017-2019 yillar oralig‘ida Moliya vaziri o‘rinbosari hamda Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyatini davom ettirgan.

2019 yildan 2023 yilga qadar Sirdaryo viloyati hokimiyatida moliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Tog‘ayev Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lsa, Alisher Shukurov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'rinbosar Qishloq xo'jaligi vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made