Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
01 avgust 2023 8868 1 daqiqa
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Unga ko‘ra:
- Botir Tog‘ayev qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida;
- Alisher Shukurov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Botir Tog‘ayev 1976 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan, tayinlovga qadar Qamashi tumani hokimi bo‘lgan.
Alisher Shukurov 1983 yil Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. U ayni paytgacha qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgandi.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi