Shuhrat Abdurahmonovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyun kuni Andijon viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Abdusattor Halimjonovich Otaboyev Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Otaboyev 1976 yilda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar 51411-sonli harbiy qismda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi vazifasida faoliyat olib borgan.

Shu bilan birga, Elmurod Ro‘ziboyevich Ismoilov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

U 1987 yilda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati hokimligi investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Nurafshon shahrining hokimi Ilhom Qilichxonov faoliyatini yangi vazifada davom ettirishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing