Qishloq xo‘jaligi vaziriga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Orif Aliboyevich Bo‘tayev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Orif Bo‘tayev bungacha “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruv raisi edi. U 1983 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – “Bank ishi”, 2012 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini – “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq polkovnik Bahrom Bahodirovich O‘rmonov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing