Portugaliya – O‘zbekiston o‘yini uchun Qirg‘izistonda yo‘llar yopiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvi munosabati bilan muxlislar uchun maxsus fan-zona tashkil etiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bishkek shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 23 iyun kuni Turdaqun Usubaliyev maydonida 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya – O‘zbekiston uchrashuvining jonli namoyishi tashkil qilinadi.

Tadbir doirasida poytaxt aholisi va mehmonlari uchun katta ekran o‘rnatiladi. Shu tariqa muxlislar bahsni birgalikda tomosha qilib, jamoalarni haqiqiy futbol muhitida qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 21:20 da estrada yulduzlari ishtirokidagi ko‘ngilochar dastur ham bo‘lib o‘tadi.

Tadbir munosabati bilan shaharning qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bishkek shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlaridan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish hamda ehtimoliy vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Bahsni marokashlik hakam Jalol Jayed boshqarib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing