Qashqadaryoda bosqinchilik. Pensionerning 7 ming dollarini o‘g‘irlashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 yanvardan 15-sanaga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida noma’lum shaxslar deraza oynasini sindirib, 60 yoshli fuqaro I.N ning uyiga kirishgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.

Bosqinchilar uydan temir sefni o‘g‘irlashgan. Uning ichida 1120 AQSH dollari, 57.500.000 so‘m va uy kadastr hujjatlari bor edi. Shundan so‘ng ular voqea joyidan qochib ketishadi. 

Ushbu holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining “g” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni mahalliy aholi tomonidan sodir etilgani, uni 26 yoshli fuqaro K.F va 24 yoshli fuqaro N.T qilgani aniqlangan. Ulardan o‘g‘irlangan seyf va pulning bir qismi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.


 
“Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo Bosqinchilar

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing