Qashqadaryoda 14 yoshli bola mashina haydab, YTH sodir etdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 14 yoshli bola mashina boshqarib, halokatga uchradi. Mashina ichida bo‘lgan sheriklaridan ikki nafari hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 aprel kuni Qarshi tumani Qozikent mahallasida 14 yoshli voyaga yetmagan bola o‘z otasining mashinasini ruxsatsiz olib chiqqan va halokatga uchragan. Oqibatda avtomashina ichida bo‘lgan uning ikki nafar do‘sti voqea joyida halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mashina salonida jami 5 kishi bo‘lgan. 2011 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi Gentra rusumli mashinani tez haydashi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayni damda Qarshi tuman ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 aprel kuni Namangan viloyatining Davlatobod tumanida maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgandi. Surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, 11-sinf o‘quvchisi avtomobilni 9-sinf o‘quvchilariga 2 soatga, 220 ming so‘m evaziga ijaraga bergan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo Qarshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing