Qarshida Nexia portladi. Qurbon va jarohatlanganlar bor
3-sahifa
−
08 iyul 6568 1 daqiqa
Qarshi shahrida Nexia-2 avtomobiliga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlashi oqibatida 1 kishi vafot etdi, yana ikki kishi turli tan jarohatlari oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 iyul kuni soat 07:32 da Muborak tumani “Quruvchilar” MFY hududidan o‘tgan A-380 “Qarshi–Buxoro” avtomobil yo‘lining 128-kilometrida Qarshi shahridan Buxoro viloyati tomon harakatlanib ketayotgan, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni yorilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, 2 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Muborak tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Live
Barchasi