Qandli diabetga chalinganlar soni 4 baravar oshdi – JSST
Olam
−
14 noyabr 2025 1994 2 daqiqa
So‘nggi 30 yil ichida dunyo bo‘ylab qandli diabet bilan kasallanganlar soni to‘rt barobarga oshgan va 828 million kishiga yetgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.
Qayd etilishicha, 30 yoshdan oshgan kattalarning deyarli 60 foizi kerakli davolanishni olmaydi. Qandli diabet bilan og‘riganlarning eng yuqori soni Hindistonda qayd etilgan – 212 million kishi. Shuningdek, Xitoyda 148 million, AQSHda 42 million, Pokistonda 36 million, Indoneziyada 25 million, Braziliyada 22 million nafar kasallanganlar bor.
JSSTning joriy yilgi Jahon diabet kuni mavzusi “Hayot bosqichlari davomida diabet” bo‘lib, unda diabet bilan yashayotgan har bir inson sog‘liqni saqlashning uzviy ko‘rinishiga, qo‘llab-quvvatlovchi muhitga va sog‘liq, qadr-qimmat hamda o‘zini boshqarishni rag‘batlantiruvchi siyosatlarga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlangan. Ushbu kampaniya diabetning oldini olish, uni boshqarish va umumiy farovonlikni ta’minlashda butun hayot davomiyligi yondashuvining ahamiyatini urg‘ulagan.
Qayd etish joiz, JSSTga a’zo davlatlar 2022 yilda 2030 yilgacha erishilishi zarur bo‘lgan 5 ta global maqsadni tasdiqlagan:
Diabet bilan yashayotgan odamlarning 80 foiziga tashxis qo‘yish;
Tashxis qo‘yilgan diabetli odamlarning 80 foizida qondagi qand miqdorini yaxshi nazorat qilinishi;
Tashxis qo‘yilgan diabetli odamlarning 80 foizida qon bosimining nazorat ostida bo‘lishi;
40 yoshdan oshgan diabetli bemorlarning 60 foizi statinlar qabul qilishi;
1 tur diabetli bemorlarning 100 foizi arzon insulin va o‘z-o‘zini nazorat qilish vositalariga ega bo‘lishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, dunyo bo‘yicha odamlarning 40 foizidan ortig‘i o‘zida diabet borligini bilmasligi haqida xabar berilgan edi. 15 va undan katta yoshdagi diabetga chalinganlarning 44 foiziga tashxis qo‘yilmagan va ular shuning uchun hatto o‘zlarida kasallik borligini bilmaydi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025