Italiya Isroil madhiyasiga nisbatan hurmatsizlik uchun jazolanadi

Sport

image

2026- yilgi Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi doirasidagi Italiya – Isroil (3:0) uchrashuvi chog‘ida mahalliy muxlislarning katta qismi Isroil madhiyasi kuylanayotgan paytda hushtakbozlik qildi. Ushbu holat yuzasidan FIFA Italiya futbol federatsiyani jazolaydi. Bu haqda “fanpage” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu harakat FIFA tartib-intizom kodeksiga zid hisoblanadi va Italiya futbol federatsiyasi ushbu hurmatsizlik holati uchun FIFA tomonidan sanksiyaga tortilishi mumkin. FIFA tartib-intizom kodeksining “O‘yinlardagi tartib va xavfsizlik”ga bag‘ishlangan 14-moddasi quyidagicha qayd etilgan:

“Mezbon jamoasi o‘yinlardan oldin, vaqtida va so‘ngida stadiondagi tartib hamda xavfsizlik uchun javobgar hisoblanadi. Agar muxlislarning nomaqbul xatti-harakatlari qayd etilsa, ular bunga bevosita aloqador emasligini isbotlay olmasa, assotsiatsiya javobgarlikdan ozod etilmaydi”.

Xuddi shu moddaning “g” bandida “davlat madhiyalari ijro etilayotgan paytda tartibsizliklarni keltirib chiqarish” holatlari ham qat’iyan man etilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu o‘yindan bir necha soat oldin Udine markazida Falastin tarafdorlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar kuzatilgani haqida ham xabar berilgan edi. Biroq bu voqealarga FIFA baho beradimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Jahon chempionati Italiya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing