Ispaniyada koronavirusga chalingan erkak hibsga olindi. U 22 kishiga infeksiya yuqtirgan bo‘lishi mumkin
Olam
−
26 aprel 2021
2691Ispaniyada 22 kishiga koronavirus yuqtirganlikda gumon qilingan erkak hibsga olindi. Bu haqda BBC xabar bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mayorka shahrining 40 yoshli fuqarosi qattiq yo‘talayotgani va harorati 40 C ga ko‘tarilganiga qaramay, ish joyiga va sport zaliga borishda davom etgan.
Shuningdek, u ishxonasida niqobini yechib, yo‘talib yurgan.
Hamkasblari unga uyga borishi kerakligini aytishgan, ammo erkak niqobini yechib, yo‘talgan va hammaga yuqtirishini aytgan.
Politsiya bayonotida aytilishicha, erkakda bir necha kun davomida koronavirus belgilariga o‘xshash alomatlar bo‘lgan, ammo u uyiga borishdan bosh tortgan.
U koronavirusga test topshirgan, ammo natijalarini kutmasdan, ertasi kuni ertalab ishga va sport zaliga borgan. Keyinchalik u koronavirusga chalingani tasdiqlangan.
Natijada uning ish joyidagi besh kishi va sport zalidagi uch kishida COVID-19 aniqlangan.
Shuningdek, uning oilasining 14 a’zosi, shu jumladan uch farzandi koronavirus bilan kasallangan.
LiveBarchasi