Interpol qidirgan o‘zbekistonlik Vetnamda ushlandi
3-sahifa
−
05 dekabr 2025 3808 1 daqiqa
Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Vetnamda ushlanib, ortga deportatsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Interpol Milliy markaziy byurolari hamkorligida tezkor tadbirlar olib borilgan. Xususan, Toshkent va Xanoyi Interpol Milliy Markaziy Byurolari xodimlarining yaqin hamkorligi va olib borilgan tezkor ishlar natijasida Vetnamda yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan va deportatsiya qilingan.
“Ushbu shaxs huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan bo‘lib, endi u sodir etgan jinoiy harakatlari uchun qonun oldida javob beradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 5 yildan beri qidirayotgan ayol Turkiyada ushlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025