Inson qadri har qanday harbiy salohiyatdan ustun – Saida Mirziyoyeva (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston uchun inson qadri, uning huquq va manfaatlari har qanday harbiy hamda iqtisodiy salohiyatdan ustun turishini aytdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva bugun, 24 sentyabr kuni BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan tashkilotning 81-Bosh Assambleyasi doirasida so‘zlagan nutqi davomida ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, mamlakatlar oldida “qaysi tomonni tanlaysiz?“ degan savol qo‘yilmoqda. Prezident Administratsiyasi rahbari bu savolga O‘zbekistonning pozitsiyasini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekistonning javobi aniq. Bizning tanlovimiz – inson qadri“, degan Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining qayd etishicha, O‘zbekiston ta’lim olish, kasb egallash va o‘z kelajagini o‘zi belgilashga qat’iy qaror qilgan yoshlarni tanlaydi. Mamlakat davlatchiligining haqiqiy qudrati esa harbiy yoki iqtisodiy salohiyat bilan o‘lchanmaydi.

“Mamlakat qudrati, avvalo, inson qadri, huquq va manfaatlarini qay darajada himoya qila olishi bilan belgilanadi“, deya qo‘shimcha qilgan Saida Mirziyoyeva.

Shu bilan birga, Prezident Administratsiyasi rahbari tinchlik, taraqqiyot va inson qadri – uchta alohida maqsad emas, balki yagona va yaxlit vazifa sifatida ko‘rilishini aytgan.

Avvalroq, Saida Mirziyoyeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti 81-Bosh Assambleyasidagi mazkur nutqida O‘zbekiston kelgusi yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing