Infantino O‘zbekiston MTJning yangi murabbiyini tabrikladi
Sport
−
07 Oktabr 3094 1 daqiqa
FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni samimiy tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
“2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro! 2006 yilda Italiya terma jamoasi sardori sifatida Jahon chempioni bo‘lgan edingiz. Oradan yigirma yil o‘tib, endi bu nufuzli turnirda yangi maqomda – O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishtirok etasiz”, deyiladi Infantinoning tabrigida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi Jahon chempionati g‘olibi, taniqli mutaxassis – Fabio Kannavaro bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolagandi. Italiyalik murabbiy jamoani AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.