Indoneziyadagi tabiiy ofatlarda 174 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Indoneziyaning Sumatra orolida kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari va yer silkinishlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 174 kishiga yetdi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Qator hududlarda yuz bergan noxush ob-havo sharoitlari o‘nlab inson hayotiga zomin bo‘lgan va bu hozir ham davom etmoqda.

Indoneziya Milliy tabiiy ofatlar bilan kurash agentligi rahbari Suharyanto ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Sumatra provinsiyasida halok bo‘lganlar soni 116 kishi, Ach provinsiyasida esa 35 kishini tashkil etadi. 

Shuningdek, G‘arbiy Sumatra provinsiyasida qutqaruvchilar yana 23 ta jasad topgan. Hozirda 74 kishi yo‘qolgan holda izlanmoqda.

Indoneziya Meteorologiya, iqlim va geofizika xizmatining ogohlantirishlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitlari bir necha kun davom etadi.

Tabiiy ofatlar bilan kurash agentligining xabar berishicha, minglab uylar va binolar suv ostida qolgan, minglab oilalar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Guruch dalalari, chorvachilik va infratuzilma ob’ektlariga ham katta zarar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand, Malayziya va Indoneziyada tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi hamda suv toshqinlari oqibatida qurbonlar soni keskin ko‘paygandi. Tailandda bir haftadan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 55 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqini Indoneziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing