“Gazprom” tankerida og‘ir pulemyotlar aniqlandi

Olam

image

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga qarashli Marshal Vasilevskiy gaz tashuvchi tankeriga og‘ir pulemyotlar o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning may oyida Boltiq dengizida olingan tasvirlarda tanker boshqaruv kabinasining ikki tomoniga bittadan 12,7 millimetrli Kord yirik kalibrli pulemyot o‘rnatilgani, ularning yoniga esa qum qoplari joylashtirilgani ko‘rinadi. Bu Rossiya fuqarolik kemasiga og‘ir qurol o‘rnatilgan ilk ma’lum holat hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil avgustidan buyon tanker bortida FXX, Rosgvardiya va Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari doimiy ravishda bo‘lib kelmoqda. Kema bortida bo‘lgan 50 kishining kamida 24 nafari kuch tuzilmalarida xizmat qilgan yoki xizmat qilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, bunday pulemyotlar havo dronlariga qarshi samarali emas. Biroq tanker Kaliningrad viloyati yaqinida faoliyat yuritgani sababli, bu qurollar mintaqani himoya qilish strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Boltiqbo‘yi davlatlari razvedka xizmatlaridan biridagi manba esa qurollantirish G‘arbga signal berish maqsadini ham ko‘zlagan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Ularning fikricha, fuqarolik kemalarida og‘ir qurollar mavjudligi haqidagi xabarlar G‘arb davlatlarining bunday kemalarni to‘xtatish yoki tekshirish bo‘yicha xavf bahosini oshiradi.

Ma’lumot uchun, Marshal Vasilevskiy tankeri “Gazprom” kompaniyasiga tegishli. Kompaniya pulemyotlar nima sababdan o‘rnatilgani haqidagi savollarga javob bermagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing