G‘azoda qurbonlar soni 72 mingdan oshdi

Olam

image

2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil harbiylarining G‘azo sektoriga boshlagan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 72 ming 27 kishiga yetdi. Bu haqda G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, TRT Haber xabar berdi.

Vazirlik bergan bayonotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 25 nafar yarador va ikki nafar falastinlikning jasadi G‘azo hududidagi shifoxonalarga olib kelingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 10 oktyabr kuni sulh kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 576 kishi halok bo‘lgan, 1 543 kishi jarohatlangan. Shuningdek, vayronalar ostidan 717 nafar insonning jasadi chiqarib olingan.

Umuman olganda, 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 72 027 kishiga, yaralanganlar soni esa 171 651 kishiga yetgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) birinchi marta G‘azo sektorida Isroil kuchlari va HAMAS harakati o‘rtasidagi urush paytida taxminan 70 000 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qurbonlar Isroil G'azo soni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing