G‘aznachilik boshlig‘iga yana bir vazifa yuklandi
Jamiyat
−
18 iyun 2019 8339 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Shuhratovich Sultonovga yana bir vazifa yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Dilshod Sultonovga Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining boshlig‘i vazifasini bajarish topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Dilshod Sultonov 2018 yil 12 sentyabridan Moliya vazirining o‘rinbosari – G‘aznachilik boshlig‘i hisoblanadi.
Live
Barchasi