Fransiyalik muxlislar Makronga hushtakbozlik qildi (video)
Sport
−
23 may 2019 1 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “Lans” va “Nitssa” o‘rtasidagi Fransiya kubogi finali boshlanishidan oldin hushtakbozlikka uchradi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.
Uchrashuv kecha, 22 may kuni Parijdagi 80 000 dan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yindan oldin muxlislarning shov-shuvlari ostida Makron tribunadan tushib, ikki jamoa futbolchilari bilan qo‘l berib ko‘rishdi.
Ta’kidlashicha, Makron 2022 yildan beri birinchi marta maydonda futbolchilarni kutib olgan. Avvalgi uchta turnirda esa u muxlislarning haqorat va masxaralaridan qochish uchun stadion yo‘lagida finalchilar bilan qo‘l berib ko‘rishgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Fransiya kubogi finalida Abduqodir Husanovning sobiq jamoasi “Lans” “Nitssa”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, kubok sohibi bo‘ldi.
Live
Barchasi