Fransiyada o‘qituvchini boshini tanasidan judo qilgan yigit Chechenistonda dafn qilindi

Olam

image
Makron: “Fransiya Hukumatining Muhammad payg‘ambar karikaturasiga aloqasi yo‘q” north_east

Makron: “Fransiya Hukumatining Muhammad payg‘ambar karikaturasiga aloqasi yo‘q”

Chechenistonning Urus-Martanov tumanida Parij (Fransiya) yaqinidagi kommunada o‘qituvchini boshini tanasidan judo qilgan 18 yoshli Abdulak Anzorovning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dafn marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni Shalaji qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Qishloq Anzorovning tanasi olib kelingach, karantinga olingan. U yerga faqatgina o‘sha qishloqda yashovchilar kiritilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, uning qabrini ko‘rish uchun kelayotganlar ko‘pligi bois qo‘shni qishloqlarda tirbandliklar yuzaga kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda dafn marosimi vaqtida olingan video tarqaldi. Unda odamlar yashil matoga o‘ralgan Anzorovning jasadini olib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Marosimda 200 ga yaqin odam qatnashgan. Bular Anzorovlar oilasining yaqinlari va qarindoshlari. Qayd etilishicha, qishloqda xavfsizli choralari ko‘rilgan, 65 nafar politsiya xoimi atrofda navbatchilik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin kommunasida tarix fani o‘qituvchisi o‘ldirib ketildi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatgan. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov esa o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Frantsiya

Baholaganlar

1429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing