Finlyandiya xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
01 iyun 1213 1 daqiqa
Kecha, 31 may kuni xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Finlyandiya terma jamoasi Shveysariyani mag‘lub yetib, 5-bor jahon chempioni bo‘ldi.
Musobaqa finalida finlar turnir mezboni Shveysariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqtda jamoalar g‘olibni aniqlay olmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Qo‘shimcha vaqtning 71-daqiqasida Konsta Xelenius hal qiluvchi shaybani kiritib, Finlyandiyaga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, Finlyandiya o‘z tarixida beshinchi marta jahon chempioniga aylandi. Finlar bundan avval 1995, 2011, 2019 va 2022 yillarda ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Shveysariya terma jamoasi esa, o‘z tarixida oltinchi bor jahon chempionati finaliga chiqqan bo‘lsa-da, hozirgacha hal qiluvchi bahslarning birortasida ham g‘alaba qozona olmagan. O‘tgan turnirda ham shveysariyaliklar finalda AQSH terma jamoasiga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Live
Barchasi