FIFA xorijda ichki liga o‘yinlarini o‘tkazish qoidalarini qayta ko‘rib chiqmoqda
Sport
−
13 Oktabr 2025 887 2 daqiqa
Avvalroq, Ispaniya La Ligasi doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi bahsni AQSHda o‘tkazishga UEFA to‘sqinlik qilmasligi haqida xabar berilgandi. Endi esa FIFA amaldagi qoidalarni qayta ishlab chiqishni boshladi. Tashkilot bu amaliyotni taqiqlash mumkin-mi, yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida yuridik maslahat so‘ramoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Jahon futbolining boshqaruv organi mazkur o‘yinlarni noqonuniy deb e’lon qilish tarafdori, biroq u 11 yildan beri ilk bor tartiblarni yangilash jarayonida huquqiy asosga tayanmoqchi. FIFA yangi qoidalarni 2026 yil boshigacha tayyor holatga keltirish ustida ishlamoqda.
So‘nggi haftalarda UEFA tomonidan dekabr oyida Mayamida “Vilyarreal” – “Barselona” hamda fevral oyida Avstraliyaning Pert shahrida “Milan” – “Komo” uchrashuvlarini o‘tkazishga ruxsat berilishi FIFA'da norozilik uyg‘otgan. Tashkilot vakillari bu qarorni “FIFA vakolatini chetlab o‘tish” deb baholagan.
FIFA reglamenti ilk bor 2014 yilda qabul qilingan bo‘lib, o‘sha paytda mahalliy ligalar o‘yinlarini chet elga ko‘chirish dolzarb masala hisoblanmagan. Bu masala 2008 yilda Angliya Premer-ligasi tomonidan taklif etilgan, ammo jiddiy e’tirozlar sababli loyiha bekor qilingan edi.
Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, FIFA xalqaro o‘yinni faqatgina qoidalar buzilgan taqdirda to‘xtatish huquqiga ega. Bunday o‘yinlarga ruxsat berilishi uchun ishtirokchi klublar, o‘yin o‘tkaziladigan mamlakat futbol assotsiatsiyasi hamda tegishli konfederatsiyalar tomonidan tasdiq olinishi shart.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar