Blatter Infantinoni diktator deb atadi
Sport
−
09:52 339 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning sobiq prezidenti Zepp Blatter öz vorisi Janni Infantinoni diktator deb atadi va uni taşkilot nizomini buzişda aybladi. Bu haqda Blatter “Der Spiegel” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“U diktator. FIFA’dagi odamlar menga heç kim u bilan liftda birga yurişi mumkin emasligini aytişdi. U daxlsiz”, deydi Blatter.
Blatter, şuningdek, FIFA keyinçalik voz keçgan Jahon çempionatining ayrim tijorat huquqlarini sotiş rejasini tanqid qildi.
“Infantino endi heç qanday çegarani bilmaydi. U bularning heç birini tuşunmaydi, voqelikdan uzilib qolgan. Menimça, Infantinoni ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yuboriş kerak”, deya qöşimça qildi Blatter.
Blatter 1998 yildan 2015 yilgaça FIFA prezidenti lavozimida işlagan. 2016 yil fevral oyida esa uning örnini Janni Infantino egallagan.
Amaldagi prezident 2027 yil 18 mart kuni Rabotda bölib ötadigan FIFA kongressida qayta saylaniş niyatida. Blatter, şuningdek, nomzodlar qatorida Jahon yengil atletikasi prezidenti Sebastyan Kouni ham tilga oldi. Britaniyalik sport rahbari avvalroq FIFA’ning axloq qömitasiga raislik qilgan.
Live
Barchasi