Fayzullayevga “Benfika” qiziqish bildirgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
02 aprel
6769SSKA klubining o‘zbekistonlik yetakchisi Abbosbek Fayzullayevga Portugaliya klubi qiziqish bildirgan. Bu haqda taniqli futbol agenti German Tkachenko ma’lum qildi.
“Futbolchi tomoni “Benfika” bilan muzokaralar olib borayotgandi. Biroq Lissabon jamoasi bu transferni siyosiy sabablarga ko‘ra rad etdi. Ular Rossiya bilan biznes yuritmaslik yaxshiroq, degan pozitsiyada. Biz Fayzullayevni “Benfika”ga o‘tishini muhokama qildik. Lekin birinchi bosqichdayoq klub rossiyaliklar bilan o‘zaro munosabatlar borasida rad javobini berdi. “Biz Rossiya bilan ish qilmaymiz” degan tezis paydo bo‘ldi”, deydi Tkachenko.
Fayzullayevga Fransiya, Germaniya, Italiya va Yevropaning boshqa bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish joiz, Fayzullayevdan oldin o‘zbekistonlik yana bir futbolchi Husayn Norchayevga ham Portugaliyaning taniqli klublaridan biri “Braga” qiziqish bildirgandi, ammo viza bilan bog‘liq muammolar sabab transfer amalga oshmay qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 yoshli Fayzullayev xizmatlariga Turkiyaning Galatasaroy klubi befarq emasligi xabar qilingandi.