Farg‘onaga “gashish” olib ketayotgan narkokurerlar ushlandi
Olam
−
08 iyun 2025 4167 1 daqiqa
Toshkent shahridan giyohvandlik vositasini Farg‘onaga olib ketayotgan narkokurerlar Toshkent viloyatida ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda giyohvandlik moddalariga qarshi keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilgan. Tadbir davomida Toshkent shahrida yashovchi shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan “gashish” giyohvandlik moddasini Bekobod shahridagi yashirib qo‘yilgan joyidan olib, Qo‘qon shahrida yashovchi xaridorga olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Qolaversa, uning oldida boshqa ikki fuqaro ham bo‘lgan va ular ham qochishga uringanida qo‘lga tushgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi narkokurer tomonidan ko‘mib ketilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistondan O‘zbekistonga 16 kilogramm giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxs 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025