Farg‘onada 13 yoshli bola kaltaklandi
3-sahifa
−
07 Sentabr 2023 6867 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada 2010 yilda tug‘ilgan bola qo‘shnisi tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 31 avgust kuni Furqat tumani Ingichka qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan X.Q. qo‘shnisi R.Y.ga tegishli Nexia-3 mashinasi shinalariga ziyon yetkazgan. R.Y.ning esa bundan jahli chiqib, uni kaltaklagan.
Tibbiyot bo‘limining tashxisiga ko‘ra, X.Q.da bosh, peshona, bo‘yin, o‘ng yelka bo‘g‘imi, teri osti gematomasi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Tergov yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi bog‘chalardan birida bolalar kaltaklagandi. Keyinchalik ularni urgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi.
Live
Barchasi