Andijonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan olindi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2023 10368 1 daqiqa
Avvalroq Andijonda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea Marhamat tumanidagi "Muhammad Yusuf bolajonlari" nodavlat ta’lim tashkilotida yuz bergan.
Boshqarmaga ko‘ra, yosh bolalarni kaltaklagan tarbiyachi vazifasidan ozod etilgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lib, ta’lim tizimi imijiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi holatni yuzaga keltirgani uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyatiga belgilangan tartibda intizomiy chora qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025