Andijonda bog‘cha tarbiyachisi esnagani uchun bolalarni kaltaklagani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni kaltaklagani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Aytilishicha, videoda aks etgan holat Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Muhammadyusuf” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan. 

Tarqalgan videolarda bog‘cha tarbiyalanuvchilari bo‘lgan qizlar musiqaga raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. Raqsni tasvirga olayotgan tarbiyachi esa o‘g‘il bolalarni “esnab, videoga xalaqit bergani”ni aytib ayovsiz urgan. 

Bundan tashqari, bog‘cha tarbiyachisi raqsga tushayotgan qizlarni ko‘zini yumib, chiroyli o‘ynamagani uchun ham koyigan. 

Shu vaqtgacha hech bir tashkilot ushbu holatga munosabat bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida bog‘cha bolalari kaltaklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing