Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 yanvar kuni Falastinning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Vaill Ahmed Battrexi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Falastin munosabatlarini ikki va ko‘p tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

“Davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishdik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchi janoblarini mamlakatimizdagi faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deydi Baxtiyor Saidov.

Ma’lumot uchun, Vaill Ahmed Battrexi Falastin davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Javad Muhammad Avadning o‘rnini egalladi. Javad Muhammad Avad 2022 yilning aprelida ushbu lavozimga tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya va Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Vaill Ahmed Battrexi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing