Eron Ozarbayjonga qilingan hujumni tekshirishga va’da berdi
Olam
−
06 mart 2607 2 daqiqa
Eron tomoni kecha, 5 mart kuni Naxichevonga qilingan hujumini jiddiy tekshirishga va’da berdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayrmov bugun, 6 mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Vazir Eron tekshiruv o‘tqazishga va’da berganini va tekshiruv natijalarini kutayotganini aytgan.
“Kecha, 5 mart kuni Eron Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali suhbat davomida ushbu masalani jiddiy muhokama qildik. Eron tomoni sodir bo‘lgan voqeani puxta tekshirishga va’da berdi va biz tekshiruv natijalarini kutmoqdamiz”, degan Bayramov.
Vazirning aytishicha, kecha sodir bo‘lgan dron hujumi bilan bog‘liq holda davlat rahbari tomonidan tegishli topshiriqlar berilgan.
“Ushbu hodisa bo‘yicha allaqachon diplomatik qadamlar qo‘yildi: norozilik notasi yuborildi, mavqedoshim bilan telefon orqali suhbatlashdik. Eron tomoni boshlagan tekshiruv umumiy jarayonning bir qismi hisoblanadi. Ozarbayjon xavfsizligi davlat rahbarining qat’iy nazorati ostida”, degan Bayramov.
Eronning Ozarbayjonga hujumi
Bugun, 5 mart kuni Eron raketasi Ozarbayjonning Naxichevon Muxtor Respublikasi hududidagi aeroportga qulab tushdi.
Naxichevon Ozarbayjonning Eron, Turkiya va Armaniston bilan chegaradosh eksklavi bo‘lib, Janubiy Kavkazda strategik jihatdan muhim hudud hisoblanadi. Agar bu hodisa tasdiqlansa, mintaqaviy xavfsizlik va siyosiy vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur voqeadan so‘ng, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Unda bitta dron Naxichevon xalqaro aeroportining terminal binosiga zarba bergan, yana boshqa bir dron esa Shakarobod qishlog‘idagi maktab binosi yaqiniga tushgan. Hududdagi maktab o‘quvchilar va o‘qituvchilari esa evakuatsiya qilingan.
Mazkur voqeadan so‘ng Eron Islom Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Mujtabo Demirchilu Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan, u yerda Eron tomoniga keskin norozilik bildirilgan va tegishli norozilik notasi topshirilgan.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Eronning Naxichevon Muxtor Respublikasidagi aeroportga qilgan hujumi javobsiz qolmasligini bildirgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, hujumdan jiddiy xavotir bildirgan.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Eronning Naxichevonga qilgan hujumini terroristik deb atadi va buning uchun uzr so‘rashi kerakligini aytgan. Shuningdek, u Eronning Naxechivonga qilgan hujumuni “nonko‘rlik” sifatida baholab, bu tajovuzga “temir musht” bilan javob qaytarishini bildirdi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Eronning Ozarbayjonga qilgan hujumlarini qat’iy qoralagan.
Live
Barchasi