Eron-Isroil urushida halok bo‘lganlar soni ochiqlandi
Olam
−
25 iyun 19331 1 daqiqa
Joriy yilning 13 iyunidan beri Eronda Isroil zarbalari oqibatida kamida 610 kishi halok bo‘lgan, taxminan 5 ming kishi jarohat olgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Huseyn Kermanpur o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 4746 nafarni tashkil etadi, ulardan 65 nafari 20 yoshdan kichik. Halok bo‘lgan 610 kishining orasida esa 49 nafar ayol va 13 nafar bola bor.
Shuningdek, Isroil milliy tez yordam xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 13 iyundan boshlab Eron zarbalari oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, uch mingdan ortiq odam jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Eronni yadroviy tahdidda ayblab, 13 iyun tongida birinchi zarbani bergan edi. Oradan 17 soat o‘tib Eron javob zarbasini yo‘lladi va shundan so‘ng tomonlar raketa hujumlarini davom ettirdi. 22 iyun kechasi AQSH Isroilga yordam sifatida Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berdi. 23 iyun oqshomida AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil to‘liq va har tomonlama o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.
Keyinroq esa Isroil tomoni o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilganidan keyin ham Eron hududidan yangi raketa otish holatlari qayd etilganini ma’lum qildi. Isroil harbiylari bu hujumlarga javob berdi.
Live
Barchasi