Endrik Madridga qaytdi – OAV
Sport
−
20 may 1130 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Endrik “Lion”dagi ijara muddatini yakunlagach, Madridga yetib keldi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “Lans”ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, darhol Ispaniyaga yo‘l olgan. Uning vaqtinchalik shartnomasi yakunlangani sababli, futbolchi yaqin kunlarda Valdebebas (“Real Madrid” mashg‘ulot maydoni) bazasida asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
“Lion” safida Endrik 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning “Real Madrid” bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karlo Anchelloti Endrikni Jahon chempionati uchun tarkibga jalb qilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, uch yillik tanaffusdan so‘ng, Neymar ham mundial uchun Braziliya terma jamoasi tarkibiga kiritildi.
Live
Barchasi