Endi jarima vaqtida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jamiyat

−

image

Endi Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlar belgilangan jarimani 60 kun içida tölamasa, ularning transport vositasi jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin. Bu haqda Içki işlar vazirining joriy yil 4 sentyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan “Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma’muriy işlarni rasmiylaştiriş va körib çiqiş tartibi töğrisidagi” yöriqnomada belgilangan.

Uşbu buyruq joriy yilning 5 noyabr kuni Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilgan va 6 noyabrda rasmiy e’lon qilingan. Hujjatga köra, yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun solingan jarima qaror çiqarilgan kundan boşlab 60 kundan keçiktirmay tölanişi zarur. Agar qaror ustidan şikoyat yoki protest berilib, u qanoatlantirilmasa, jarimani tölaş uçun bu haqda xabar berilgan kundan boşlab 30 kun muddat beriladi.

Agar jarima belgilangan muddatda tölanmasa, transport vositasi haqidagi ma’lumotlar Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining planşetlari va boşqa axborot tizimlarida avtomatik ravişda aks etadi. Şundan söng, YHXX xodimlari ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmasdan, avtomobilni jarima maydonçasiga joylaştirişi kerak. Transport vositasi jarima haqidagi qarorning ijrosi yuzasidan iş yuritiş tugaguniga qadar uşlab turiladi.

Lekin haydovçi jarimani elektron tölov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali joyida töliq tölasa va bu haqdagi ma’lumot elektron tizimda tasdiqlansa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilmaydi. Jarima maydonçasiga joylaştirilgan transport vositasini qaytarib oliş uçun qarzdorlik tölangan bölişi kerak. Tölov tasdiqlangaç, tegişli elektron ruxsatnoma rasmiylaştiriladi.

Şu bilan birga, yöriqnomada jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab 15 kun içida jarimaning 50 foizini yoki 30 kun içida 70 foizini ixtiyoriy tölagan şaxs qolgan qismini tölaşdan ozod etilişi belgilangan. Uşbu tartib qonunçilikda nazarda tutilgan ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi.

Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan ikki oy ötgaç kuçga kiradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing