“El-klasiko”da ishqibozlar Messini esladi (video)
Sport
−
06 aprel 2023 3930 1 daqiqa
“Barselona” muxlislari “Real”ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida PSJ hujumchisi Lionel Messi nomini aytib hayqirdi.
Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 94 mingdan ortiq kishi yig‘ildi. Bahs Madrid klubining 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 10-daqiqasida butun stadion argentinalik futbolchi nomini tilga oldi.
Ma’lumki, Messi PSJ bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi va u mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Qayd etilishicha, "Barselona" shu haftada argentinalik hujumchi bilan muzokaralarni boshlaydi.
Ispaniya klubi allaqachon yirik homiylar bilan shartnomalar ustida ishlamoqda, bu esa Messining qaytishini moliyaviy jihatdan amalga oshirishga yordam beradi.
Messi joriy mavsumda PSJ safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.
Live
Barchasi