Messi “Oltin töp” taqdirlaş marosimiga bormaydi – OAV

Sport

−

image

Argentinalik hujumçi Lionel Messi 2026 yilgi “Oltin töp” taqdirlaş marosimida qatnaşmaydi. Bu haqda “The Touchline” naşri xabar berdi.

Avvalroq, OAVda Messi marosimda iştirok etişi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. Messi ham 30 nafar da’vogar qatoriga kiritilgan. Joriy yilning 29 iyun kuni esa u “The Athletic” naşri ötkazgan ovoz beriş natijalariga köra birinçi örinni egallagan.

“Oltin töp” taqdirlaş marosimi bugun, 26 oktyabr kuni Londondagi Palladium teatrida bölib ötadi. Tantanali tadbir Toşkent vaqti bilan 27 oktyabr kuni soat 01:00 da boşlanadi.

Ma’lumot uçun, “Oltin töp” mukofoti 1956 yildan beri topşirib kelinadi. 1995 yilgaça unga faqat Yevropa klublarida töp suradigan yevropalik futbolçilar da’vogarlik qilişi mumkin edi. Keyinçalik mukofot uçun Yevropa klublarida öynaydigan barça millat vakillariga ham imkoniyat berildi. 2007 yildan esa dunyoning istalgan klubida öynaydigan futbolçilar mukofot uçun kuraşiş huquqiga ega böldi.

39 yoşli Messi “Oltin töp”ni sakkiz marta qölga kiritgan va bu borada rekordçi hisoblanadi. U sönggi bor 2023 yilda uşbu mukofotga sazovor bölgan. Öşa yili argentinalik futbolçi 2022 yilgi Jahon çempionatidagi ğalabasi va musobaqaning eng yaxşi futbolçisi sifatida e’tirof etilgani bilan ham tarixda qolgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing