Durovning hibsga olinishi Telegram'ning reytingini yaxshiladi
Olam
−
27 avgust
6595Telegram asoschisi, rossiyalik tadbirkor Pavel Durovning hibsga olinishi kompaniya ilovasining yuklab olishlar sonini oshirdi. Bu haqda "The Sun" xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Telegram AQSHning eng yaxshi mobil ilovalari (o‘yinlar bundan mustasno) reytingida 18-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi. Bu AQSHda kamida 2023 yil 1 yanvardan beri eng yuqori reyting.
Shuningdek, Telegram AQSHda foydalaniluvchi ijtimoiy tarmoqlar reytingida 2-o‘rinni egalladi.
Fransiyada Telegram App Store do‘konida “Ijtimoiy tarmoqlar” yo‘nalishida birinchi o‘ringa ko‘tarildi va barcha turdagi ilovalar orasida uchinchi eng ommabop ilova bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Pavel Durovga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, telegramdagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar qo‘yilgani, bu ayblovlar bilan Durov Fransiyada 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi xabar qilingandi.
Durovning Fransiyada hibsga olinishi Parij va Rossiya o‘rtasida yangi keskinlikni keltirib chiqara boshladi. Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron Telegram Bosh direktori Pavel Durov hech qanday siyosiy sababsiz sud tergovi doirasida hibsga olinganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Durovning Fransiyadagi hibsda qolish muddati uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi