Dunyoning eng xunuk iti 5 ming dollar yutdi (video)

Olam

image

AQSHda “Dunyoning eng xunuk iti” tanlovining 2025 yilgi mavsumi bo‘lib o‘tdi va g‘olib itning egasiga 5 ming dollar mukofot berildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Fransuz va ingliz buldoglarining aralashmasidan bo‘lgan, junsiz Petuniya tanlovda g‘olib bo‘lgan. 

Petuniya tanlovga Oregon shtatidan kelgan. U tomoshabin va hakamlarni o‘zining tabiiyligi bilan “mahliyo qilgan”. 

G‘oliblik uchun Petuniya 5 ming dollar olishi hamda NBC News telekanalining “Today” ko‘rsatuvida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 

“Mazkur tanlovda jun yo‘qligi, notekis tishlar, xunuk ko‘zlar – bu nuqson emas, balki sharaf belgilaridir”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, it ilgari zotdor itlar bilan shug‘ullanadigan odamning hovlisida yashagan, jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan, ammo normal yashash sharoitiga ham ega bo‘lmagan. It Luvable Dog Rescue boshpanasi yordamida yangi uy topgan va zarur davolanishni olgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda “Dunyoning eng xunuk iti” tanlovining 2024 yilgi mavsumida g‘oliblikni Xitoyning Pekin shahrida tug‘ilgan “Wild Thang” laqabli it egallagandi. Ushbu it tanlovda besh marta qatnashib, uch marta ikkinchi o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Oregon eng xunuk it Petuniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing