Doniyor Toshxo‘jayev 7 yilga qamaldi
3-sahifa
−
12 fevral
35596Bugun, 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxs, xususan,Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari, polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Doniyor Toshxo‘jayev 2023 yilning avgust oyidan e’tiboran IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2022 yil fevral oyida Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangan. Ungacha esa 2020 yil yanvaridan Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan.
Doniyor Toshxo‘jayev 2019-2020 yillarda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Bungacha u Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, avvalroq – IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev 2024 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga polkovnik Farhod Fattohovich Hasanov IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

