Dominikan Respublikasi “svet”siz qoldi

Olam

image

Karib dengizidagi 11 milliondan ortiq aholiga ega Dominikan Respublikasi kecha, 11 noyabr kuni yirik elektr uzilishi – blekautni boshdan kechirdi. Bu haqda “Empresa de Transmisión Eléctrica Dominicana” xabar berdi.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, hodisaga elektr uzatish tizimidagi avariya sabab bo‘lgan.

Birinchi bo‘lib San-Pedro-de-Makoris shahridagi elektr stansiya ishlamay qolgan, bu esa boshqa stansiyalar va podstansiyalarning zanjirli o‘chishiga olib kelgan. Hozircha avariyaga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Blekaut poytaxt Santo-Domingo va mashhur turistik shahar Punta-Kanani eng ko‘p zararlagan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning boshqa hududlarida ham elektr uzilishi haqida xabarlar tarqalgan. 

Elektr ta’minotining to‘xtashi jamoat transporti, jumladan, metropoliten va kanat yo‘llari ishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Shifoxonalar, banklar va yirik muassasalar generatorlar yordamida ishlashga o‘tgan, biroq ko‘plab uy xo‘jaliklari va kichik bizneslar elektrsiz qolgan.
Kechga borib, elektr ta’minoti asta-sekin tiklana boshlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiyada yirik miqyosdagi elektr ta’minoti uzilishi – blekaut sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

blekaut Dominikan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing