Diniy ta’lim muassasalirga hujjat qabul qilish tartibi e’lon qilindi
Jamiyat
−
11 iyun 2020 8621 1 daqiqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali qabul qilinadi.
O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjatlar 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
• pasport (elektron shaklda);
• attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
• til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.
Oliy diniy ta’lim muassasalariga:
• Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasiga 2020 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha (shu kuni ham);
• Hadis ilmi maktabiga 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).
Talab qilinadigan hujjatlar:
• pasport (elektron shaklda);
• o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025