Diniy ta’lim muassasalirga hujjat qabul qilish tartibi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali qabul qilinadi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjatlar 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

•    pasport (elektron shaklda);
•    attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
•    til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.

Oliy diniy ta’lim muassasalariga:

•    Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasiga 2020 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha (shu kuni ham);
•    Hadis ilmi maktabiga 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).

Talab qilinadigan hujjatlar:

•    pasport (elektron shaklda);
•    o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon diniy ta'lim

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing