DBQ tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ogohlantirdi
Jamiyat
−
16 avgust 2019 4881 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ogohlantirish bilan chiqdi. Ogohlantirish, xususan, Qozog‘iston bilan aloqa qiluvchilarga oid.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2019 yilning 16 iyulidan boshlab, Qozog‘istonning “B.Konыsbayeva” chegara-o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va avtotashuvchilar tovar va transport vositalarini olib o‘tishda o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning “B.Konыsbayeva” chegara-o‘tkazish punkti Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara-o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025